» » Galabotir mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Galabotir mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Tadbirda tuman hokimi B.Bobonazarov,  mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i B. Xushnazarov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi, mahalla ahlini ko‘rkam va zamonaviy mahalla binosi bilan qutladi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda mahalla tizimiga alohida e’tibor qaratilayotganligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun  yangi binolar barpo etilib, samarali faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligini ta’kidladi.  
   –Mahallamizda 4350 nafar aholi istiqomat qiladi, - deydi mahalla raisi Abdumalik Nishonov. – Davlat xususiy sherikchilik asosida tadbirkor Go‘zal Rofiyeva  tomonidan barpo etilgan mazkur mahalla binosi qishlog‘imiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.  Hukumatimizning e’tibori, tuman hokimligining ko‘magi bilan mahalla idorasi uchun yangi bino qurib berilganligidan xursandmiz.

комментариев