» » Tumanda faoliyat olib boruvchi barcha korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga OGOHLANTIRISH XATI

Tumanda faoliyat olib boruvchi barcha korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga OGOHLANTIRISH XATI

 
О‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda 1998-yil 25-dekabrdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “О‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-sonli, 2020-yil  
20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ogohlantiraman: 

1. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan korxona, muassasa, tashkilot va jamoa birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning ко‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi nazarda tutiladi; 

2. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan korxona, muassasa, tashkilot va jamoa birlashmalari muhrlari, tamg‘alari va ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida yuritiladi; 

3. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga asosan lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali, og‘zaki axborot matnlari dastlab davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi, zarurat bo‘lsa boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin deb belgilab qo‘yilganligini inobatga olgan holda tumandagi korxona, tashkilot, muassasa hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga mavjud kamchiliklarni 10 kun ichida bartaraf etish, belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, qonun hujjatlariga muvofiq tegishli tartibda chora ko‘rilishini ma’lum qilaman. 
Ushbu ogohlantirish xatining ijrosini nazorat qilish tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Mirbabayev zimmasiga yuklatilsin. 
 
 
Tuman hokimi:     B.Babonazarov
 
 
 
OGOHLANTIRISH XATI 
Hurmatli tadbirkor!!! 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil  
20-yanvardagi 34 sonli hamda Samarqand viloyati hokimining 2020-yil  
24-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 11-Q sonli shu haqdagi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, shuningdek, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi belgilangan. 
Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotda (muassasa, korxona va boshqalar) ushbu yo’nalishda quyidagi qonun buzilish holatlari mavjud. 
 Sizdan qayd etilgan kamchiliklarni (5 ish kunida) O‘zbekiston Respublikasi“ Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi talablari asosida bartaraf etish choralarini ko‘rishingizni, aks holda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g’risidagi Kodeksning 1781-moddasiga asosan reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiraman. 
 
 
Tuman hokimining 
maslahatchisi       F.Mirbabayev

комментариев