» » Tumanimizda zamonaviy mehmonxona ochildi

Tumanimizda zamonaviy mehmonxona ochildi

  Binoning ochilish marosimida tuman hokimi B. Bobonazarov, 2-sektor rahbari A. Saypiddinov, tuman kengashi deputatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
   Tadbirkor Jamshed Rashidov tomonidan 3,8 millard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan mazkur mehmonxona tumanimizda yagona hisoblanadi. 
    -Toyloqda turizmni rivojlantirish, sayyoh va mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur mehmonxonani qurishga bel bog‘lagan edim, -deydi tadbirkor Jamshed Rashidov. – Uni “Milano garden plaza” deb nomladik. Bino 4 qavatdan iborat bo‘lib 25 o‘ringa mo‘ljallangan. Binodan 11 ta yotoqxona, 1 ta restoran 1 ta bar hamda cho‘milish maskani o‘rin olgan. 11 sotix maydonda bunyod etilgan inshoot jahon andozalari darajasida jihozlangan. Mehmonxonaga zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. 5 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

комментариев