
21-maktabda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar o‘rtasidagi ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanning 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 82 nafar iqtidorli xotin-qizlari faol ishtirok etishdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar adabiyot, san’at (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn), madaniyat, ta’lim, fan, sport, jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, siyosiy-ijtimoiy hayotda faol, tashabbuskorligi, Respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlovlar va tadbirlarda yutuqlarni qo‘lga kiritganligi, xorijiy tillarni bilish darajasi va boshqa qobiliyatlari inobatga olinib, yo‘nalishlar kesimida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
комментариев