Ijodiy uchrashuv

 "Ma'rifatli yoshlar-millat faxri" shiori ostida  3-umumta'lim maktabida ham targʻibotchi Rasulov Gʻolib rahbarligida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. ljodiy uchrashuv mehmoni Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi, Samarqand viloyati boʻlimi rahbari unlab kitoblar muallifi Toshpoʻlat Toʻgalov (Oʻrxun) boʻldi. 
   Ijodkor maktab oʻquvchilariga maʼnaviyatli, ma'rifatli boʻlish  kitoxonlikni keng targʻib qilish haqida,  kitob bilan oshno boʻlgan qalblardan buyuk insonlar yetishib chiqishi, ertaga kelajak yoshlar qoʻlida ekanligini ta'kidlab oʻtdi.
Soʻngra oʻquvchi yoshlar ijodkorning she'rlarini yoddan oʻqishdi va sahna koʻrinishlarini ijro etishdi hamda bosh qomusimizning tashkil topganing 29 yilligi munosabati keng nishonlandi.
Tadbir oxirida ijodkor tadbirda faol qatnashgan oʻquvchi yoshlarni faxriy yorliq va kitoblari bilan taqdirladi.

Boltayeva Dilrabo
 oʻqituvchi.

комментариев