» » O‘rtaqishloqda “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”

O‘rtaqishloqda “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”

    Ayni damda tumanimizning  O‘rtaqishloq mahallasida boshlangan “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” tadbiri yuqori saviyada va bayramona ruhda o'tkazilmoqda. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, maʼnaviy hordiq chiqarishlari uchun munosib sharoit yaratish, qolaversa, ular qalbida ona-Vatanga muhabbat tuygʻusini shakllantirish, insonni komillikka yetaklovchi – kitobxonlik, sport, kasb-hunar oʻrganish yoʻnalishlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilganligi bilan ahamiyatli boʻldi. 
     Ayniqsa, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi harbiy orkestr jamoasi tomonidan taqdim etilgan musiqiy dasturlar mahalla ahliga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Kanalga a'zo bo‘ling:?
? @qushchinor_uz

комментариев