» » "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik!"

"Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik!"

Respublikamiz miqyosida o’tkazilayotgan “Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik!” nomli aksiya doirasida Toyloq tumanidagi 15-IDUMda o'quv amaliy seminar tashkil qilindi. Seminarda tumandagi barcha umumta'lim maktablari direktorlari va amaliyotchi-pisixologlari ishtirok etishdi. Seminarda viloyat XTB boshlig'i Sh. Sultonov, 1-2-son kasb hunar kolleji direktorlari, bo'lim boshliqlari ishtirok etdi.
Seminarni  tuman XTB mudiri X.Hojiqulov olib bordi. Unda tumandagi ta‘lim tizimidagi kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Tahlillar davomida sohani oqsashiga sabab bo‘layotgan bir nechta rahbarlar ogohlantirildi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi aytildi.  Boshqarma boshlig'i Sh.Sultonov ta'lim sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to'g'risida seminar ishtirokchilariga tavsiya berdi. Seminarda o'quvchi-yoshlar tomonidan qo'l mehnatida tayyorlangan ko'rgazmalar namoyish qilindi.

комментариев