Charog’bon MFYda sana munosаbati bilan “Mahallamning namunali oilasi” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda mahallaning namunali oila boshliqlari, qaynonalar, otaxonlar qatnashib, o’z hayotiy tajribalari, maslahatlari bilan o’rtoqlashdilar. Bayramona ruhda o’tkazilgan tadbirda 21-maktabning iqtidorli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, raqslar, mavzuga mos she’rlar ijro etildi.
Tadbir so‘ngida Charog’bon MFY raisi M.Aminova ibratli oila boshliqlariga "Faxriy yorliq" va estalik sovg’alarini tantanali ravishda topshirdi.
Baxora Azimova
комментариев