
Toyloq tuman 1-son kasb-hunar maktabida 2022-yil 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining davlat Bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Unda oʻquvchilar Mustaqillik, bayroq, Vatanni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar aytib, sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
M. TURSUNOVA,
1-son kasb-hunar maktabi yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari.
комментариев