Mukofot muborak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 12 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoychilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan sohada samarali faoliyat yuritgan fidoyilar yuksak mukofot bilan taqdirlanishdi.
 Taqdirlanganlar orasida tumandoshimiz  Djalilov Anvar Ximmatilloyevich ham bor. A. Djalilov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.

Toyloqlik Djalilov Anvar Ximmatilloyevich ko‘p yillardan buyon Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyati bo‘yicha maxsus otryadi guruh komandiri lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Tumandoshimizga yusak mukofot muborak bo‘lsin, deb  keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

комментариев