QUSHLAR BIZNING DO'STLARIMIZ

Bugun 2024 yil 24-aprel kuni 4- umumta'lim maktabida 7-sinflar o'rtasida biologiya fanidan "Qushlar bizning do'stimiz" nomli tadbir o'tkazildi.Tadbirda 7-"A" sinfining "Yosh biologlar", 7-"B" sinfining "Tabiatshunoslar", 7-,"V" sinfining "Ornitologlar" va 7-"G" sinfining "Zoologlar" jamoalari 5 ta shart bo'yicha  bellashdilar.Bellashuv qiziqarli shartlar asosida o'tkazildi.
 Yakunda "Zoologlar" jamoasi I-o'rinni,
"Ornitologlar"-  ll-o'rinni, "Yosh biologlar"  lll-o'rinni va "Tabiatshunoslar" jamoasi IV - o'rinni qo'lga kiritib,faxriy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.

комментариев