
2024-yil 22-aprel kuni «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari va tuman 56-maktab hamkorligida Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazi tadbirlar zalida Ijodkor Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi Otabek O‘roqovning «Sakkizinchi moʻjiza» deb nomlangan she’riy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ijodkor «Sakkizinchi moʻjiza» kitobiga kiritilgan «Tarse san’ati» yo‘nalishidagi she’rlaridan ishtirokchilarga o‘qib berdi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan «Sakkizinchi moʻjiza» kitobi keng yoritib berildi ishtirokchilar tadbir so‘ngida tashakkurnoma va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
комментариев