» » Sayyor qabul murojaatlar yechimiga xizmat qiladi

Sayyor qabul murojaatlar yechimiga xizmat qiladi

 Bugun tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.  
       O‘tkazilgan qabulda tuman hokimi B.Bobonazarov, tuman  Xalq qabulxonasi mudiri Q.Ismoilov, 4-sektor rahbari Sh. Sharipov tuman hokimining o‘rinbosari F. Najmiddinov, N.Kambariddinova, tuman tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
   Qabulda fuqarolardan uy-joy, moddiy yordam va tibbiy yordam, davolanish uchun order va boshqa o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
    Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi, ayrimlari huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. 
        Muddat talab etiluvchi masalalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

комментариев