
“Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilib kelinayotgan “Otalar choyxonasi” ko‘rsatuvining suratga olish jarayonlariga tumanning nuroniylari, mehnat faxriylari taklif etildi. Bir piyola choy ustida kechgan suhbatlarda jamiyatimiz, xususan tumanimizning kechasi va buguni haqida so‘z yuritildi. Suhbatlar davomidagi nasr, nazm va navo “bazm”lari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbiri davomida yurt rivoji, mahalla tinchligi va yosh avlodning munosib tarbiyasiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan nuroniylarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
комментариев