» » ⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin


Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

?Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

?Xizmatdan foydalanuvchilar:

?‍?Jismoniy shaxslar

?Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

?Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

?Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

⏱Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

Toyloq tumani DXM xodimi J.Maxsudov

комментариев