SHOIR BILAN UCHRASHUV

22-maktabda shoir Abdulla Nisoriyning “Uch yuz gʻazal” devoni taqdimotiga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtdi.
Oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota-onalar va boshqalar taklif etilgan  tadbirni kirish soʻzi bilan ochgan maktab direktori, viloyat kengashi deputati D. Ulugʻboyeva A. Nisoriy ijodiga oʻquvchilarda qiziqish katta ekanligini taʼkidladi.
Shundan soʻng jonkuyar boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi G. Ergasheva rahbarligidagi 4-"B" sinf oʻquvchilari tomonidan shoir hayoti va ijodiga doir maʼlumotlar videorliklar tarzida namoyish etildi. Ular shoirning turli sheʼriy toʻplamlaridan olingan nazmiy bitiklarini mahorat bilan ijro etishdi. Tadbir soʻngida shoir oʻquvchilarni  qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. U tadbirning faol qatnashchilariga kitoblarni sovgʻa qildi. Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi A. Usmonov hamda tuman XTB masʼul vakili T. Abdullayevlar qatnashib, soʻzga chiqdilar.
S. QURBONOVA,
maktab direktori oʻrinbosari.

комментариев