Madaniyat va sanʼat ravnaqiga qoʻshgan beqiyos hissasi bilan oʻziga haykal qoʻyib ketgan qozixonalik fidokor ayol – Maxfirat aya Sirojiddinovaning nomini, nafaqat tumanimizda, balki uning tashqarisida ham yaxshi bilishadi.
Bugun aya uzoq yillar mehnat qilgan qutlugʻ maskan –2-son madaniyat markazida uning ezgu ishlari yoritilgan “Maxfirat ayaning umr daftari” kitobining taqdimotiga bagʻishlangan xotira tadbiri boʻlib oʻtdi. Onaxonning kenja farzandi Mirsoli Doniyorovning tomonidan tashkil etilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar – tuman madaniyat boʻlimi mudiri B. Ziyodullayev, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi A. Usmonov, kitob muallifi A. Nisorov, Samarqand tuman MB qoshidagi “Shashmaqom” ansambli badiiy rahbari F. Ochilov, tarixchi olim I. Sirojiddinov, ayaning shogirdi Z. Salimov, qizi F. Doniyorovalar ayaning ibratli ishlari hamda ezgu fazilatlariga toʻxtaldilar. Tadbirda sanʼatkorlar tomonidan mumtoz qoʻshiqlar ijro etildi.
комментариев