Sport sinovlari – Toyloqda

Bugun Toyloq tumanidagi sport maktabida  tuman hokimligi hamda barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilindi.
    Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
 – Sport sinovlarini topshirish maxsus va ixtiyoriy ravishda bo‘lib, aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi,– deydi tumandagi sport maktabi direktori Ismoil Kenjayev.
    Ta’kidlash joiz, sport sinovlarini topshirgan xodimlar my.sport.uz portali orqali darajali sertifikatni yuklab olishi mumkin...

комментариев