» » Kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazaylik!

Kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazaylik!

2023-yil qishki isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan muhandislik kommunikatsiya va kommunal xizmat ko‘rsatish sahalarining bir meyorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Jumladan, aholi xonadonlaridagi, shu jumladan ko‘p kvartirali uy-joylardagi elektr, gaz, suv va issiqlik taьminoti vositalari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilyasiya tizimlarining holati texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.Fuqarolarning is gazidan zaharlanishining oldini olish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlar, xonadonma-xonadon yurib aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.  Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari, bozorlar, yirik savdo majmualari hamda aholi ko‘p to‘planadigan boshqa ob’yektlarda mavsumiy favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda Biroq, aholining barcha qatlamlarini jalb etgan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilayotganligi hamda amaliy o‘quv mashqlarining o‘tkazilayotganligiga qaramay, ayrim fuqarolarimizning yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmasliklari oqibatida kelib chiqayotgan yong‘inlar va turli darajadagi kuyish jaroxatlarining  ko‘plab uchrayotganligi albatta kishining ko‘nglinini xira qiladi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan  yong‘inlarning oldini olishda har birimizning mas’ulligimizni yana bir bor eslatgan holda, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida sizlardan quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga  amal qilishingizni so‘raymiz:
-Yosh bolalar va keksalarni aslo yolg‘iz qoldirmang;
-Isitish pechlarining mo‘rilaridan to‘g‘ri foydalaning hamda dudburonlarni mavsumiy tozalang;
-Nostandart elektr va gaz isitish pechlaridan foydalanmang;
-Vaqtinchalik, ochiq holatdagi elektr simlari va ustki himoya qobig‘i bo‘lmagan elektr korobkalaridan foydalanmang;
-Nostandart va sinovdan o‘tmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanmang;
-Saqlash joylarida somon, quruq xas-xashak va shu kabi tez yonuvchi xo‘jalik mahsulotlarini tartibsiz va uyining chordoq qismida saqlanishiga yo‘l qo‘ymang!

Shohjahon XUDOYQULOV,
 tuman FVB Tezkor bo‘linmasi
boshlig‘i, kapitan.

комментариев