» » Toyloqda 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Toyloqda 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

    Bunyodkor mahallasida qurilgan 27-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirilganligi nafaqat bunyodkorliklar balki Ukrach mahallasida istiqomat qiladigan aholiga bayram sovg‘asi bo‘ldi.
    Maktabgacha ta’lim tashkiloti eski binosining sharoiti qoniqarsiz va past quvvatda ishlayotganligi sababli investisiya dasturi asosida 4,2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga  qurilib, quvvati 75 o‘rindan 120 o‘ringa oshirildi. 
   Binoning ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi Bahodir Bobonazarov bugungi quvonchli kun bilan mahalla ahlini qutlab, yurtimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.
    Alvon lenta kesilgach,  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, nuroniylar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari binoda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

комментариев