«Men ham askar bo‘laman!»

14-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab kichik guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida «Men ham askar bo‘laman» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda bolajonlar Ona yurt, istiqlol, insoniy fazilatlar haqida she’r va qo‘shiqlar aytib, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.
Bunday tadbirlar bolajonlar qalbida Vatanparvarlik, sadoqat, mardlik, jasurlik, odamiylik fazilatlarining shakllanishiga, oilaga, qarindosh-urug‘, mahalladoshlari, tengqurlariga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Zarina MELIQULOVA,
DMTT tarbiyachisi.

комментариев