MAKTABGA HOMIY TUHFASI

     Qunduzaklik  saxovatdil tadbirkor Erkin aka Ibragimov o‘zi o‘qigan  17-maktabga  yuz  nomdagi  badiiy kitoblar  jamlanmasini  tuhfa qildi. 
       O‘zbekiston XDP partiyasi Toyloq tuman kengashi  tashabbusi bilan  maktab ma’muriyati tomonidan  tashkil etilgan «Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda qatnashgan Erkin aka tuhfani maktab kutubxonasiga va faol yosh kitoblarga topshirar ekan, ularni ustoz saboqlarini puxta o‘zlashtirishga, ko‘zlangan ezgu maqsad sari dadil intilishga da’vat etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar:  maktab  direktori  Z.Yo‘ldosheva, O‘zbekiston XDP  tuman kengashi raisi Q.Nizomov,  shoir va jurnalist A.Nisoriy va boshqalar ham o‘quvchilarni  bilimning bebaho xazinasi bo‘lmish kitob bilan  do‘st-oshno bo‘lishga chaqirdilar. O‘z navbatida  o‘quvchi-yoshlar homiyga, tadbir tashkilotchilari va mehmonlarga samimiy tilaklarni izhor qildilar.
Sanobar NISOROVA,
maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi.

комментариев