NAVOIY RUHIGA EHTIROM

   41-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab tarbiyachi Laylo Xidirova tomonidan tashkil  etilgan adabiy-musiqiy  tadbirda tarbiyalanuvchilar: Mirsaid  Do‘stnazarov, Shavkat Zarifboyev, Munisa Tolmasova, Nurbek Mamatqulov, Muhammadrasul Abduroziqov va boshqalar buyuk shoirning g‘azal, ruboiy hamda hikmatlarini ifodali va ravon yoddan aytib yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, bolajonlar  ijrosida Alisher Navoiy hayotiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Rohila KOZIMOVA,
DMTT metodisti.

комментариев