» » Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

 Toyloq tumanidagi Uzunqishloq mahallasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.    
    Unda tuman hokimi  B. Bobonazarov, tuman idora va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Qabulda fuqarolardan moddiy yordam, elektr energiyasi, kadastr hujjatlaridagi muammolar, ta'lim krediti olish, shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid  murojaatlar kelib tushdi.   
  Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

комментариев