» » KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI talab darajasida tashkil etilayaptimi?

KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI talab darajasida tashkil etilayaptimi?

Bugun  tuman hokimligida aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati hamda sohadagi muammolarga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Soha mas’ullari hamda matbuot xodimlari ishtirok etgan anjumanda tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Eraliyev sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan qilingan ishlar haqida axborot berdi.
 Shuningdek, hokim o‘rinbosari jurnalistlarning  kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasida yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar bilan bog‘liq savollariga javob berib, xatolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ul  tashkilot rahbarlari bilan muayyan ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

комментариев