» » «O‘ZBEK BOTIRLARI»DAN MEDALLAR

«O‘ZBEK BOTIRLARI»DAN MEDALLAR

 Namanganda erkin va yunon-rum kurash turlari bo‘yicha «O‘ZBEK BOTIRLARI» Xalqaro gran-pri turniri yakunlandi. Unda mehmon davlatlar –Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya Rossiya hamda mezbon yurtimiz iqtidorli sportchilari  sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi.
Quvonarlisi, Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchi sportchilari ham ushbu Xalqaro turnirda ishtirok etib, shohsupadan o‘rin egallashdi.
Jumladan, yunon-rum kurashi bo‘yicha 130 kg vaznda Nasimov Temur 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkin kurashchi Poyonov Sherzod 3-o‘rinni egalladi.

комментариев