» » Ikki nafar pedagogimiz Xalqaro toifadagi o’qituvchi bo‘ldi

Ikki nafar pedagogimiz Xalqaro toifadagi o’qituvchi bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limimi vazirligi tashabbusi  hamda xalqaro ta’lim bo’yicha  Amerika kengashining yurtimizdagi filiali hamkorligida ingliz tili fani o’qituvchilari uchun trening mashg’ulotlari o’tkazildi.
“ESN:STT”dasturi asosida tashkil etilgan  o’quv seminarida viloyatimizdan 3 nafar pedagog qatnashgan bo’lsa, ulardan 2 nafari tumanimizdagi 21-maktabning oliy toifali o’qituvchilaridir. 
Hilola Aliyeva  va Nigora Qodirova 120 soatlik mashg’ulotlarda faol ishtirok etib “TESOL” xalqaro sertifikatini qo’lga kiritdilar.
Endilikda ular xalqaro toifadagi o’qituvchi maqomiga ega.

Baxora Azimova

комментариев