» » TOYLOQ TUMANI HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING TUMAN AHLIGA BAYRAM TABRIGI

TOYLOQ TUMANI HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING TUMAN AHLIGA BAYRAM TABRIGI

Hurmatli toyloqliklar!

Dunyodagi jamiki musulmon ummati uchun moʻtabar va qadrli bo‘lgan saodatli, ulug‘ ayyom- Ramazon hayiti bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman.
   Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli damlarda barchamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz. 
     Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodatlar olib kelsin!
    Tumanimiz ahli musulmonlari orasidagi mehr-oqibat, ahillik, birodarlik, bag‘rikenglik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanaversin!

Aziz do‘stlar!

Sizlarni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
    Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!
     Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin.

комментариев