» » TOYLOQ TUMAN HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING 25 OKTYABR –ICHKI ISHLAR XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

TOYLOQ TUMAN HOKIMI BAHODIR BOBONAZAROVNING 25 OKTYABR –ICHKI ISHLAR XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

  Qadrli tuman osoyishtaligining posbonlari!
Hurmatli ichki ishlar organlari faxriylari!


Barchangizni  25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizning 215 ming kishilik aholisi nomidan samimiy tabriklayman!
Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida Siz, xalqimizning fidoyi farzandlari mehnatiga yuqori baho berib: «Men Yangi O‘zbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari – Vatanimizning asl o‘g‘lonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, ma’naviy va ma’rifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor, xalqimizning chin ma’nodagi himoyachilari ekaningizga qat’iy ishonaman», degan edilar.
  So‘nggi yillarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Toyloq tumani ichki ishlar tizimida ham islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sohani o‘z kasbiga sadoqatli, vijdonli va jasur xodimlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa tabiiyki, o‘z samarasini bermoqda. Profilaktika ishining  to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi natijasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sezilarli kamayganligi ham bizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
    Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, faxriylarni yana bir bor  kasb bayrami bilan tabriklab, xizmat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik tilayman!

комментариев