DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATIDAN

Tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash, mahalliy davolash- profilaktika muassasalarini, shu jumladan, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish  maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tuman kengashining doimiy komissiya raislari Z.Avazov hamda M.Yo`ldosheva O'zLIDEP viloyat va tuman kengashi targ'ibot guruhi rahbari N.Mo'minovalar boshchiligida partiya deputatlari tuman tibbiyot birlashmasida bo'lishdi.
Birlashmada dastlab deputatlar "O'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan tibbiyot sohasida qilinayotgan ishlarni o'rganish bo'ldi. Birlashmada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatda bo'lishib,  ularga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat bilan tanishdilar. Muassasa hududini ko'zdan kechirishdi bo'limlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

комментариев