» » Toyloqda 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Toyloqda 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Adas mahallasidagi Adas qishlog‘ida qurilgan 13-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada bolajonlar bayrami arafisida foydalanishga topshirilganligi ularga bayram tuhfasi bo‘ldi.
    Bog‘chaning eski binosi foydalanishga yaroqsiz bo‘lgani tufayli  investitsiya dasturiga kiritildi va  4 mlrd. 700 million so‘m mablag‘ sarflandi.
    Binosining ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘.Usmonov, mahalla faollari, qishloq ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va binoda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

комментариев