MTTda seminar

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tumandagi 16-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Yozgi sog'lomlashtirish davrida tashkil etiladigan ishlar bo‘yicha amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari,  pedagog xodimlari,  hamshira va oshpazlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida yozgi sog'lomlashtirish davrida yozgi ayvonchalarni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni chiniqtirish jarayonlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Pedagoglarga hujjatlarni yuritish bo‘yicha tushuntirish berildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10 kunlik taomnoma asosida sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish va mavsumiy taomnoma asosida taom tayyorlash jarayonlari ko‘rsatib berildi.

комментариев