» » O‘zboshimchalik bilan egallangan yer javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer javobgarlikka sabab bo‘ladi


     Prezidentimizning 2020-yil 7-sentyabrdagi Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6061 sonli farmoni, hamda 2020-yil 7-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4819 sonli qarori qabul qilingandan so‘ng, Kadastr agentligi sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

     Shu bilan birgalikda kadastr agentligi tomonidan Yer nazorati tizimini to‘laqonli yuritish kabi ustivor vazifalar belgilab berilgan. Hurmatli Prezidentimizning 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida va “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 16.08.2021 yilda qabul qilingan O‘RQ-708-son qonunda Kadastr agentligiga bir-qator vazifa va vakolatlar belgilab berilgan.


     Bugun kadastr agentligining tuman bo‘limi tomonidan oʼtkazilgan press-turda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga berilgan vakolat doirasida tuman bo‘yicha qilingan ishlar, yer qonunchiligiga kiritilgan yangilik va o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalardan sohada unumli foydalanish borasidagi ishlar bilan tanishishdi. 


     — Kadastr agentligi tomonidan yuqoridagi farmon, qaror va qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan Agentlikning tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan monitoring va Davlat yer nazorati tadbirlarini o‘tkazish hamda o‘rganishlar natijasida tuman hududida joriy yilning 5 oy davomida yer qonun buzilish holatlari jami 76 ta aniqlangan bo‘lib MJtKning tegishli moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, — deydi kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i J. Hayitov. — Shundan 12 ta holatda 1,92 ga yer maydonida o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilishlar bosh prokuratura hamda kadastr agentligining qo‘shma tartibi asosida prokuratura organiga ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etilgan.


     Shuningdek, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilish qurish bilan bog‘liq yer qonunbuzilishini sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarga MJtKning 60-moddasining 2 va 3-qismlariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. O‘zboshimchalik holatlarni bartaraf etish yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish va ogohlantirish xatlari yuborilib, 4 ta holatda 0,24 gektar yer maydonlari dastlabki holatiga qaytarilib, ixtiyoriy bartaraf etishi ta‘minlangan.

      Kadastr agentligi tuman bo‘limi tomonidan tumanda Yer qonunbuzilish holatlarini barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

комментариев