» » TERGOV SUDYASIGA SANKSIYALAR VA MAJBURLOV CHORALARINI QO‘LLASH MASALASINI KO‘RIB CHIQISH VAKOLATI BERILADI

TERGOV SUDYASIGA SANKSIYALAR VA MAJBURLOV CHORALARINI QO‘LLASH MASALASINI KO‘RIB CHIQISH VAKOLATI BERILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilanganidek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda ta’minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida: jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar — tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibini joriy etish; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritish; jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan prosessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibini belgilash kuzatiladi.Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi. Quyidagilar bo‘yicha sanksiyalar: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik, iltimosnoma, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma, telyefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;Quyidagilar bo‘yicha majburlov choralari: ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma, Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasi.
O.Allayev, 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq
tumani sudining raisi. 

комментариев