» » Tepaqishloq obod maskanga aylandi

Tepaqishloq obod maskanga aylandi

3482 nafar aholi istiqomat qiladigan Tepaqishloq mahallasidagi 300 o‘rinli 39-umumta’lim maktabi 477 nafar o‘quvchiga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. 
    Mazkur maktab binosi 2024-yilda  “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” me’zonlari doirasida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlanib, yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirildi. 
     Bundan tashqari mahallada 7,0 km ichki yo‘llar asfalt qilindi, 9,0 km yo‘llar shag‘al tashlab ta’mirlandi, 2,6 km piyodalar yo‘laklari qurildi. 10 km suv tarmog‘i tortilib, 3 ta suv inshooti rekonstruksiya qilindi, 2 ta yangi transformator, 10 km elektr tarmog‘i tortildi, 321 ta beton ustunlar, 2 km internet aloqa tarmog‘i o‘rnatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:👇🏾
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев