» » “Zakovat ”da toyloqliklar g‘olib bo‘lishdi

“Zakovat ”da toyloqliklar g‘olib bo‘lishdi

   O‘zbekiston respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida kasaba uyushmalari tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
     Samarqand tumanida joylashgan "Safedi" bolalar oromgohida o‘tkazilgan mazkur bellashuvda  18 ta  jamoa qatnashib, bilim va zakovotlarini sinovdan o‘tkazishdi.  Quvonarli tomoni shundlaki, unda Toyloq tumani  jamoasi  faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va  viloyat kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.

комментариев