» » «FARZAND TARBIYASI MAHALLADAN BOSHLANADI»

«FARZAND TARBIYASI MAHALLADAN BOSHLANADI»

   9- umumiy  o‘rta ta’lim maktabida 2024-2025 -o‘quv yili arafasida  «Farzand tarbiyasi mahalladan boshlanadi» shiori ostida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.
     Maktab pedagogik jamoasi a’zolari hamda ota-onalar qatnashgan  yig‘ilishda yangi o‘quv yilida maktab formasi, o‘quvchilarning odob-axloq qoidalari,  ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish kabi  dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida farzandlari maktabni  2023-2024-o‘quv yilida bitirib,  OTMlarga o‘qishga  kirgan 7 nafar o‘quvchining ota- onalariga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Ashraf  BAHRONOV.

комментариев