
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan 2025-yil yanvar oyining birinchi dekadasida Samarqand viloyatida “Yoshlar turizmi haftaligi” e’lon qilingan.

Haftalik doirasida Toyloq tumanidan bir guruh o‘quvchilar Samarqand shahri bo‘ylab tarixiy, madaniy meros obyektlariga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchi yoshlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand shahri tarixi muzeyi, Islom Karimov maqbarasi, Buyuk Ipak yo‘li” turizm markazi va Boqiy shahar majmuasiga tashrif buyurishib, madaniy hordiq chiqarishdi.
комментариев