Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 35 yilligiga bag‘ishlab, «Inson huquqlari - bolalar nigohida» Respublika tanlovi o‘tkazilgan edi.Ana shu musobaqaning «Eng yaxshi she’r» yo‘nalishida faol qatnashib, g‘oliblar safidan joy olgan va 3-darajali diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan yosh shoira, tumanimizdagi 58-maktab 10-sinf o‘quvchisi E’zoza Asrorovani taqdirlash marosimi bo‘ldi.
Ta’lim maskanida o‘tkazilgan tadbirda o‘qituvchilar va yuqori sinflar o‘quvchilari, shuningdek, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi a’zosi, Turon Fanlar akademiyasi akademigi Zubaydullo Ibragimov, shoirlar Abdulla Nisoriy hamda Safar Hasanovlar ishtirok etdilar. Marosimda so‘zga chiqqanlar yosh shoiraning ijodiy izlanishlari bardavom bo‘lishini tiladilar.
Kanalga obuna bo‘ling: 👇🏻
👉 @qushchinor_uz

комментариев