» » BORLIQNI GULAFSHON AYLAGAN AYYOM

BORLIQNI GULAFSHON AYLAGAN AYYOM

     Go‘zal diyorimizning, uning latofatli go‘shasi bo‘lmish  maftunkor tumanimizda o‘tkazilayotgan bayram sayillari o‘ziga xos shukuhi va tarovati bilan ajralib turadi. 
     16-mart tongida karnay-surnay sadolari barchani bayram sayliga chorladi. Chinakam xalq sayliga aylangan tadbirda  mahallalar, tuman ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar, teatrlashtirilgan badiiy-musiqiy chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, Navro‘z milliy taomlari, milliy hunarmandchik namunalari, uzoq tarixga ega bo‘lgan xalq o‘yinlari, milliy sport namunalari, o‘yin-laparlar barchaga manzur bo‘ldi. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari dilrabo kuy-qo‘shiqlar bilan bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdilar. Tadbir mehmonlari, taniqli xonandalari, elimiz suygan san’atkorlar Ulug‘bek Otojonov, Malika Egamberdiyeva va Sarbon guruhining chiqishlari shuningdek madaniyat bo‘limi xodimlari ham  yig‘ilganlaga zavq baxsh etdi.
   
 Navro‘z bayrami tantanalarida tuman hokimi B. Babonazarov ishtirok etib bayram bilan barcha tumandoshlarimizni qutlab,  bayram saylida faol qatnashgan tuman tashkilot xodimlarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев