» » Deputat ko‘magida tug‘ma yurak porogi bor fuqaro operatsiya qilindi

Deputat ko‘magida tug‘ma yurak porogi bor fuqaro operatsiya qilindi

 13-Xo‘jaqishloq saylov okurugidan O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashiga deputat N.Mo‘minovaga, Yastepa mahallasidan fuqaro H.Himmatova tug‘ma yurak-porogi aniqlanganligi va uni operatsiya qilish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Fuqaro H.Himmatovaning ma’lum qilishicha,  bemorni zudlik bilan operatsiya qilmasa ahvoli og‘irlashish mumkin, lekin uning ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgani sababli operatsiya xarajatlarini ko‘tara olmaydi.
      O‘zLiDePning “Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida mazkur murojaat bo‘yicha  tuman Kengashi deputatlari N.Mo‘minova, I.O‘rinov, Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi, tuman xalq qabulxonasi vakillari o‘rganishlar olib bordi va darhol tegishli choralar ko‘rish uchun viloyat kardiologiya markaziga yuborildi.
       O‘rganishlar natijasida II guruh nogironi fuqaro H.Himmatovaning operatsiyasi uchun viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan sug‘urta tizimi asosida 40 mln so‘mlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi va mazkur kardiologiya markazida malakali shifokorlar tomonidan operatsiya o‘tkazilib, bemor to‘liq sog‘lomlashtirildi.
       Bir so‘z bilan aytganda, Salomatlik eng asosiy ne’matlardan biri. U bo‘lmasa halovat ham xotirjamlik ham bo‘lmaydi. Bu masala yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda aholi salomatligini tiklash, umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Muhim qaror va farmonlar qabul qilinib, sohani isloh qilishga bag‘ishlangan davlat dasturlari ishlab chiqildi va natijada uni hayotga tatbiq etish, aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolash va tashxis qo‘yishning eng maqbul tizimini joriy etish borasidagi ishlar esa  boshlab yuborilgan. Bu kabi  amaliy ishlar  yurtimizdagi aholiga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan darakdir.

Кanalga qo‘shiling:👇
👉 
@qushchinor_uz

комментариев