» » BMT TARAQQIYOT DASTURI VAKILLARI TOYLOQDA

BMT TARAQQIYOT DASTURI VAKILLARI TOYLOQDA

  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi, maʼmuriy ishlar bo`yicha yordamchisi va BMTTDning Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mintaqaviy byurosi direktori Ivana Zivkovic xonim Toyloq tuman Muborak mahallasida bo‘ldi.
      Uchrashuvda BMT TD O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Akiko Fujii,  shuningdek, vakolatxonadagi klaster rahbari Bahodir Palvaniyazov, vakolatxonaning loyiha rahbari Baxtiyor Sayfitdinovlar qatnashdi.
     Tashrif davomida tashabbuskor guruh rahbari – tadbirkor Bahodir Haydarov, tashabbuskor guruh rahbari o‘rinbosari – 14-maktab direktori Zamira Jabborova, tashabbuskor guruh a’zolari va mahalliy hokimlik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
    “Qishloqni kompleks rivojlantirish” qoʻshma loyihasi doirasida jamoatchilikni safarbar qilish, aholi tomonidan loyiha ustuvorligini shakllantirish, MRR (Mahallani rivojlantirish rejasi) amalga oshirish boʻyicha keyingi qadamlar borasida o‘zaro suhbatlashildi.
Telegram

комментариев