» » Toyloqda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda

Toyloqda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda

Bugun Toyloq tumanida “Dolzarb 90 kun” davomida (2025-yil iyun - avgust ) 61 ta umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha chora tadbirlar rejasiga muvofiq oʻquvchilarni bilim salohiyatini yanada mustahkamlash uchun “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Tanlovda 1-dan 10-gacha bo‘lgan maktablarning o‘quvchilar jamoasi ishtirok etdi.
Intellektual o‘yinda 1-o‘rinnni 8-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 10-maktab, 3-o‘rinni 2 va 4-maktablar jamoalari egalladi.

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari maktablar va mahallarda ham davom etmoqda.

комментариев