» » Orzu, maslahat va bilim uchligi- muvaffaqiyat kaliti

Orzu, maslahat va bilim uchligi- muvaffaqiyat kaliti

 Inson hayotida muhim qarorlar bo‘ladi. Shulardan biri- kasb tanlash. To‘g‘ri tanlangan kasb nafaqat insonni moddiy jihatdan ta‘minlaydi, balki uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, hayotdan mamnun yashashga yordam beradi. Bu masalada o‘quvchining o‘zi, ota-onasi va ustozlarining birgalikdagi yondashuvi muhim ahamiyatga ega.Kasb tanlashda eng birinchi va asosiy rolni o‘quvchining o‘zi bajaradi. Har bir bola tabiatan o‘ziga xos qobiliyat va qiziqishga ega. Kimdir matematikaga, boshqasi esa san‘atga mehr qo‘yadi. Shuning uchun o ‘quvchi, eng avvalo, o‘z orzularini, is‘tedod va qiziqishlarini aniqlab olishi kerak. Farzand hayotida ota-onaning roli beqiyos. Ular bolani dunyoqarashi shakllanishida, hayotiy qarorlar qabul qilishida asosiy tayanch bo‘lishadi. Kasb tanlash masalasida esa, ota-onaniong vazifasi- farzandning ichki dunyosini tushunish, uni majburlamasdan, yo ‘naltirish va  rag‘batlantirishdir. Har qanday bosim o‘quvchining noto‘g‘ri tanloviga olib kelishi mumkin.
Maktabdagi ustozlar -bu bilim manbai va yo‘l ko ‘rsatkichlardir. Ular o‘quvchining qobiliyatini sinfdagi faoliyati, fanlarga bo‘lgan munosabati orqali biladi. Kasb tanlashda ustozlar o ‘quvchilarga o‘z qobiliyatiga mos kasblarni tavsiya qilish, kasb turlari haqida ma‘lumot berish va real hayotdagi misollarni ko‘rsatish orqali katta yordam beradi.
Kasb tanlashda ota-ona, o‘quvchi va ustoz birgalikda harakat qilsa, natija ko‘ngildagidek bo‘ladi. Bu uchlik bir- birini to‘ldiradi: o‘quvchi istak va qobiliyat bilan, ota-ona hayotiy tajriba va mehr bilan, ustoz esa bilim va tahlilchanlik bilan.
Bugungi zamonda kasblar juda ko‘p, ularning  har biri o‘ziga xos va istiqbolli. Shuning uchun har bir o‘quvchi to‘g‘ri va ongli ravishda kasb tanlashi kerak. Bu yo‘lda o‘quvchi, ota-ona va ustoz birgalikda bir jamoa bo‘lib ishlasa, yoshlar o‘z o‘rnini topgan, baxtli va muvaffaqiyatli hayotga qadam qo’yadi.
Toyloq tuman 20-maktab matematika o‘qituvchisi:         X.Raximova.

комментариев