
Toyloq tumani, Chorogʻbon mahallasida tashabbuskor tadbirkor T.Ergashev tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Kunduzgi parvarish” xizmatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

👥 Yangi guruhning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i v.v.b Sardor Luqmonov, Toyloq tumani hokimining o’rinbosarlari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

↗️ Ushbu muassasada bolalarga reabilitatsiya xizmatlarini ko’rsatish uchun barcha sharoitlar va qulayliklar mavjud. Aytib o’tish joizki, mazkur ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali oilalarning bandligi hamda mehnat qilishi uchun imkoniyat va sharoitlar yaratiladi, bolalarning esa ijtimoiylashuviga erishiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram /
Facebook /
Instagram /
Web Sayt
комментариев