
2024-yilning 20-fevralida Prezidentimiz tomonidan kengaytirilgan videoselektor majlisi o‘tkazilib nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish yo‘nalishida ishlarni kuchaytirish maqsadida har bir tuman shahar tibbiyot birlashmalarida alohida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya bo‘limlari tashkil qilinishi belgilangan edi. Mazkur topshiriq yuzasidan Toyloq tuman tibbiyot birlashmasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida reabilitatsiya bo‘limi tashkil qilindi. Reabilitatsiya bo‘limida Inson markazining yo‘llanmasi bilan 2025-yildan yanvar-iyul oylarida 220 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar stasionar sharoitda davolanib chiqdi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 126-sonli Qarori bilan Charog‘bon mahallasida Kunduzgi parvarish xizmati tashkil qilindi. Bunda ta’lim bilan qamrab olinmagan 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan aqliy zaif bolalarga soat 9 dan kech 18 gacha bepul kunduzgi qarab turish xizmati tashkil etildi. Bunda 2 ta guruhda 18 nafar bolalar jalb etilgan. 18 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga qarab turgan ota-onalari ishlash imkoniyati yaratildi.
Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori ijrosi yuzasidan Markaz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs toifasi belgilash yuzasidan tumandagi mavjud 50 ta mahallada xatlov o‘tkazilib, yil boshida 36 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar bo‘lib, xatlov natijasida 6 nafari o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ro‘yxatga olindi, shuningdek 3 nafari sog‘ligining holati yaxshilanganligi sababli reyesterdan chiqarildi. Hozirgi kunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar 38 nafarni tashkil etadi. 3 ta o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarning uyi saxovat va ko‘mak jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tamirlab berildi.
318 nafar 80 yoshga to‘lgan keksalarga va 1 guruh nogironligi bo‘lgan shaxs qarab turish haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirildi. Ushbu dalolatnoma asosida qarab turgan fuqarolarga ish stajlari rasmiylashtirildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi mavjud sanatoriyalarda elektron navbat asosida 106 ta pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar davolanib chiqdi.

Shuningdek, markazimiz tomonidan joriy yil 1-avgust holatiga 163 nafar bolaga vasiylik, 53 nafariga homiylik tayinlandi. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida 10 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni OTM ga imtiyoz asosida o‘qishga kirishi uchun ruyxat shakllantirildi, davlat imtihonlariga qatnashishi va oliy ta’lim muassasalarini tanlashi ta’minlandi. Yoshlarga hamrohlik dasturi doirasida yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 1 nafar chin yetim bolani oliy ta’limda o‘qish kontrakti to‘lab berildi, 10 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni haydovchilik kurslariga o‘qish xarajatlarini qoplab berish maqsadida o‘quv markazi bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.
Inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga aylandi. Bugun davlatimiz siyosatining asosiy maqsadi xalqimizning yaxshi yashashi, hayotdan rozi bo‘lishini ta’minlash va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish iborat ekanligi mubolag‘a emas. Ayniqsa bu kabi fuqarolarning baxtli hayot kechirishi, jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi bu ezgu harakatlarning asosini tashkil etayotgani quvonarlidir.
T. Ximmatov
Toyloq tuman “Inson” ijtimoiy
xizmatlar markazi direktori o‘rinbosari.
комментариев