
Bugun Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev tumandagi 100 yoshdan oshgan nuroniy
Hotam bobo Raximov hamda
Mukarram aya Mamatqulovalar holidan xabar oldi. Tashrif chog‘ida ularning salomatligi, yashash sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida tumanning nuroniy faxriylariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, tuman hokimining mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Behzod Raxmatullayev ota-onalarning uzoq umr, sabr-toqat va ibratli hayot yo‘llarini alohida e’tirof etib, ularning jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.
Mazkur tashabbus yurtimizda keksalarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning duolari bilan xalqimizning farovonligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan biridir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube
комментариев