Tumandagi Darg‘om o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Asal festivaliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev boshchiligida viloyat va tuman tashkilotlari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbir davomida festival o‘tkaziladigan maydon ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar o‘rganildi. Hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, elektr ta’minoti va transport yo‘nalishlarini tartibga solish, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindiAsal festivali — nafaqat mahalliy asalarichilik mahsulotlarini targ‘ib qilish, balki tumanning turizm salohiyatini namoyish etish uchun ham muhim tadbir bo‘lib, bu yil u yangi g‘oya va tashabbuslar bilan yanada boyitilishi kutilmoqda.

комментариев