» » Jahon Banki delegatsiyasi Toyloqdagi Ilk rivojlanish markazida bo‘ldi

Jahon Banki delegatsiyasi Toyloqdagi Ilk rivojlanish markazida bo‘ldi

✅ Bugun Jahon Bankining Vise-prezidenti janob Akixiko Nishio va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori janob Nadji Benxasin boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyati, Toyloq tumanida joylashgan Ilk rivojlanish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xorijiy mehmonlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamrohlik qildi. 

🔰 Uchrashuv davomida markaz faoliyati, ta’limiy yondashuvlar, bolalarning salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Jahon Banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ushbu pilot loyiha samarali va natijador bo‘lgani sababli, mazkur tajriba respublika bo‘ylab kengaytirilishi ta’kidlab o‘tildi.

🏗 Birinchi bosqichda shunday markazlar 50 ta tuman va shaharda tashkil etildi. Keyingi bosqichlarda esa har bir tumanda ana shunday Ilk rivojlanish markazi tashkil etiladi.

🌐 Uchrashuv YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida tashkil etildi. 

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram                   🌐 Facebook 
🌐 Youtube                     🌐 Instagram 
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

комментариев