» » JAHON BANKI A’ZOLARI –TOYLOQDA

JAHON BANKI A’ZOLARI –TOYLOQDA

Jahon banki missiyasi doirasida “Yosh bolalarning erta rivojlanishini yaxshilash” loyihasi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin hamda Oyatillo Raxmatillayev  boshchiligidagi bir guruh Jahon banki a’zolari  Rita Almeyda, Xiroshi Sayeki, Sherri Li, Viktoriya Babaxo‘jayeva, Mirzobek Ibragimovlar kuni kecha Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi Pedagogika kolleji negizida tashkil etilgan “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
     Tashrifdan maqsad tashkil etilgan markazning faoliyat modellarini  yanada rivojlantirish uchun barcha sharoit-sharoitlarni yaratish,  pedagog kadrlarni eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash shuningdek, markazda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni barkamol avlod qilib tarbiyalash, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olish bo‘ldi. 
         
 A.Orzimurodov.

комментариев